Bo`linma tarixi

1972 - yildan 1980 - yilgacha birinchi bo`lim boshlig`i qilib Zglinskaya Valentina Fyodorovna tayinlangan. 1980 – 1983 - yillarda devonxona boshlig`i etib Rimma Habibovna tayinlangan. 1983 - yildan hozirgi davrgacha Abrorova Alla Ivanovna devonxona boshlig`i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bo`lim o`zininig faoliyatining dastlabki davridan hujjat yuritishni olib borish, hujjatlarni shakllantirish va saqlash, yozishmalarni qabul qilish, ro`yxatdan o`tkazish va yuborish bo`yicha ishlarni olib boradi. Bugungi kunda bo`limda ish elektron hujjat aylanishning “E hujjat” yangi dasturi asosida olib borilyapti.